«Premiks Agro Progress» qo‘shma korxonasi 2018 yilda tashkil etildi, Xozirgi kunda «Mikrobiotik» brendi ostida turli xildagi zamburug‘li kasalliklarga qarshi kurashuvchi, o‘simlikni yanada rivojlantirish va xosildorlikni oshirish imkonini beruvchi biologik va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarmoqda. Kompaniyamiz 10 dan ortiq mutaxasislariga ega.
Maqsadimiz kam xarajat va mo‘l hosil olishga qaratilgan. Bunda ishlov berishda an’anaviy usullardan bosqichma bosqich vos kechib, zamonaviy texnologiyalar va eng yangi biologik, organik va mineral o‘g‘itlarlarni amaliyotga joriy etishdan iborat. Bunga sabab so‘nggi yillarda yerlarga bir xil ishlov berilishi natijasida (ammafos, selitra, korbamid) tuproqlarimiz sho‘rlanishi oshib bormoqda va degradatsiyaga uchramoqda. Natijada tuproqda pH >7 oshib o‘simliklarning makro va mikro elementlarni so‘rilishiga salbiy ta’sir etmoqda. Maxsulotlarimizni qo‘llash orqali o‘simliklar rivojlanishida muxim omil bo‘lgan fotosintez jarayonini tezlashtirish, barcha turdagi zamburug‘li kasalliklarni davolash, emlash va xosildorlikni bir necha barobarga oshirishga erishilmoqda.
Shuningdek, kompaniyamiz fermer, dexqon xo‘jaliklar, tomorqa yer egalari va issiqxona egalariga nafaqat sifatli biologik va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bilin birgalikda, ularga agronomik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida «AGROSYSTEMS» korxonasi bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Ushbu xamkorlik orqali zararlangan xududlarni aniqlash, muammolarni o‘rganish va agronomik yechimlar berishga erishilmoqda.